Bizning xizmatlarimiz

Bosh sahifa Bizning xizmatlarimiz Fue Usulida Soch Ekish
Fue Usulida Soch Ekish

Fue Usulida Soch Ekish

FUE USULIDA SOCH EKISH

Soch to‘kilishi genetik, gormonal o‘zgarishlar va qarish tufayli yuzaga keladigan holat bo‘lib, erkaklar va ayollarda jismoniy va bu bilan bog‘liq ravishda psixologik muammolarni keltirib chiqaradi. Soch to‘kilishi turli dermatologik kasalliklar, kuyishlar va jarohatlar tufayli ham kelib chiqishi mumkin.

Bugungi texnologiya yordamida soch to‘kilishi bo‘lgan bemorlar soch eksih operatsiyasi orqali o‘zlarining yosh, tabiiy ko‘rinishiga qaytishlari mumkin. Bundan tashqari, soch ekish bilan soch to‘kilishi muammosi bo‘lgan odamlarda psixologik bezovtaliklar va ijtimoiy hayotdan uzoqlashish kabi holatlar bartaraf etiladi hamda soch ekish operatsiyasidan so‘ng kishi yosh ko‘rinishini va o‘ziga bo‘lgan ishonchini tiklaydi.

Soch ekishda odatda FUT va FUE deb nomlanuvchi ikki xil usul qo‘llaniladi. Follikulyar birlik transplantatsiyasi (FUT) texnikasida ensa qismida, ikki quloq o‘rtasidagi sog‘lom ildizlar joylashgan joydan terining bir bo‘lagi jarrohlik yo‘li bilan chiziq shaklida olinib, avvaliga bittama-bitta follikulalarga ajratiladi. Keyin bu follikulalar soch o‘sishi kerak bo‘lgan joylarda ochilgan kanallarga joylashtiriladi. Hozirgi vaqtda FUE usulining rivojlanishi va afzalliklari tufayli bu usuldan umuman foydalanilmaydi. Follikulyar birlik ekstraksiyasi (FUE) deb ataladigan texnika donor sohadan eng samarali foydalanish imkonini beruvchi bittama-bitta follikula yig‘ish tamoyiliga asoslanadi. Ushbu usul 2004 yildan beri qo‘llaniladi. FUT usuli va FUE usuli o‘rtasidagi yagona farq soch follikulasini olish texnikasi hisoblanadi. Kanallarni ochish va joylashtirish bosqichlari ikkala usulda ham bir xil.

Texnik afzalliklari

  • Har bir seansda 2000-3500 ta soch follikulasini olish mumkin.
  • Soch to‘kilgan sohaning kattaligiga qarab bir nechta seans o‘tkazish mumkin.
  • Donor sohada bo‘shashish va iz bo‘lmaydi. Ensa sohasida sochli teri liniyasi chiqarilmagani uchun tuzalish tezroq bo‘ladi.
  • Bir necha kun ichida follikulalar olib tashlangan sohadagi mayda teshiklar chandiq qoldirmasdan yopiladi.
  • Agar sochlar oldingi soch chizig‘iga ekilsa yoki sochlar juda qisqa qoldiriladigan bo‘lsa, FUE usulining natijalari yaxshiroq bo‘ladi. Chunki diametri 0,70 dan 0,90 mm gacha bo‘lgan ignalar bilan olingan soch follikulasining ildiz qismi juda ingichka bo‘lsa, ko‘chirib o‘tkazilgan joyda tabiiyroq ko‘rinish yuzaga keladi.

Operatsiyani kimlar o‘tkazishi mumkin?

Soch ekishnin amaliyligiga qaramay, jarrohlik protsedurasi bo‘lgani sababli zarur tibbiy sharoitlar mavjud bo‘lgan muhitlarda, bu yo‘nalishda tajribali bo‘lgan plastik jarrohlar tomonidan amalga oshirilishi kerak.

Operatsiyadan keyin

Soch ekish protsedurasi tugagandan keyinoq kishi uyiga qaytishi mumkin. Soch 4 kun davomida yuvilmaydi. Ushbu davr oxirida transplantatsiya qilingan soha va donor soha yuviladi hamda bu protsedura 10 kun davomida donor sohasi tuzalib ketguncha va retsipient sohasidagi qobiq yo‘qolguncha takrorlanadi. Soch transplantatsiyasi kundalik faoliyatni cheklamaydigan protsedura hisoblanadi. Bemor soch ekilgan sohaga tegmaydigan keng bosh kiyim kiyib, ishga qaytishi mumkin. Ko‘chirib o‘tkazilgan sochlar bir muncha vaqt o‘tgach to‘kilib ketadi va ekishdan taxminan 3 oy o‘tgach chiqa boshlagan sochlar yangi joyida asl joyidagidek o‘sa boshlaydi. Bu sochlarning genetik kodlari va xususiyatlari har xil bo‘lgani uchun ko‘chirib o‘tkazilgan sochlar to‘kilmaydi.

ESKISHEHIRDAGI “XUSUSIY UMIT SHIFOXONALARI” / Turkiayda 3 ta filialga ega xususiy shifoxona

Aloqa: +90 222 335 0 335

Manzil: Eskishehir, Turkiya

Ham dam oling, ham salomatligingizni tiklang!