Yuzda Estetik Protseduralar Va Plastik Xirurgiya
FUNKSIONAL RINOPLASTIKA
Burun estetikasidan maqsad yuzning shakliga mos keladigan tabiiy burunni yaratishda burun funksiyalarini saqlab qolish, nafas olishni oshirish, hidlash funksiyalarini yaxshilash va agar bor bo‘lsa, sinusitni davolashdir. Funksional rinoplastika yordamida burunni chiroyli qilish bilan birga uning funksiyalarini yaxshilash mumkin.
MIKROBOTOKS
(San’atkor botoksi/Gollivud botoksi)
Botoks proteini yuzdagi mushaklarga yuborilib, mushaklarning bo‘shashishi, mushak yuzasidagi terining taranglashishiga bog‘liq bo‘lgan mushaklarning dinamik qisqarishi tufayli ajinlarni kamaytirish tamoyiliga asoslanadi. Botoksda eng qo‘rqiladigan narsa tarang, mimikasiz ifodaning qolishidir. Mikrobotoks (san’atkor botoksi, Gollivud botoksi) yordamida bu qo‘rquvdan xoli tarzda ajinlardan xalos bo‘lishingiz mumkin. Maqsad – ajinlar yo‘qolib, his-tuyg‘ular va ifodalarning saqlanib qolishi.
Mikrobotoks bilan peshonadagi ajinlar, qovoqning burishishi, ko‘z atrofidagi g‘oz panjasi chizig‘i, milk tabassumi, yonoqlarda haddan tashqari tabassum chiziqlari, lablar atrofida kashandalik chiziqlari, burundagi quyon chiziqlari, burun uchi mushaklarining burunni haddan tashqari pastga tortishi bilan bog‘lqi burun uchining pasayishi, burun uchining ko‘tarilishi, iyakda yo‘lka toshi aksi, bo‘yin chiziqlari, marionetka chiziqlarini yo‘q qilish, hatto jag‘ chizig‘ini ovallashtirish va aniqroq ko‘rsatish, bo‘yin profilini ajratib ko‘rsatish (Nefertiti botoksi) mumkin. Masseter botoksi bilan jag‘ning chetidagi shishishlar kamayadi va kechasi tishlarni g‘ijirlatishni ham yo‘q qilish mumkin.
LAB VA TERI UCHUN FILLERLAR
Filler sifatida vaqtinchalik (gialuron kislotasi) yoki yarim doimiy (kalsiy gidroksiapatit) filler moddalari ishlatiladi. Vaqtinchalik fillerlarning afzalligi shundaki, agar filler bilan bog‘liq asorat bo‘lsa yoki filler yoqmasa, urni gialorinidaza deb ataladigan ferment bilan eritib yuborish mumkin. Ta’siri 9-12 oy davom etadi. Yarim doimiy kalsiy gidroksiapatit filler 2 yil davomida o‘z ta’sirini davom ettiradi. Ushbu filler ko‘proq hajm talab qiladigan joylarda (yonoqlar, iyakda) ishlatiladi. Lab filleri yanada chiroyli va to‘liqroq lablarga ega bo‘lish uchun lablar chetiga kontur sifatida yoki lablar ichiga hajmni oshiruvchi sifatida qo‘llanilishi mumkin. Teri fillerlari esa peshona, qoshlar orasi, g‘oz panjasi, lablar atrofi singari joylarda botoks olib tashlay olmaydigan chuqur ajinlar uchun ishlatiladi. Yuzda hajmni orttirish xohlansa yoki iyak sohasida, burun operatsiyasidan keyin burunning orqa qismidagi cho‘kish bo‘lgan kishilarga ham qo‘llanilishi mumkin. Fillerning ta'siri yuz va lablaringizda yo‘qolgach, avvalgi holatingizga qaytasiz.
YOG‘ INYEKSIYALARI
Kishilarning o‘z yog‘i olinib, maxsus protseduralar orqali qayta ishlanadi, keyin filtrlanib, cho‘kma hosil qilinadi. Bu yog‘ o‘sish omillari nuqtai nazaridan juda boy hisoblanadi. Yog‘ni yuzga, ko‘z ostidagi cho‘kishlarga, ajinlar va lablarga inyeksiya qilish orqali go‘zallikka erishish mumkin.
LOSOS DNKsI, YOSHLIK VAKSINASI
Ushbu mahsulotlar terining mezoderma deb ataladigan biriktiruvchi to‘qima qatlamiga qo‘llanilib, teri qarishining oldini oladi yoki kechiktiradi. Ko‘z ostidagi shishlar va ko‘karishlar kamayadi, teri namlanadi va teridagi to‘q rangli joylar ocharadi.
QOVOQ ESTETIKASI
Yuqori va pastki qovoqlarning qarishi, yerning tortishish kuchining ta’siri, biriktiruvchi to‘qimalarning kamayishi tufayli terining osilishi va yog‘ to‘qimalarning churrasi paydo bo‘lishi tufayli kishida xafa, baxtsiz, qari yuz ko‘rinishi paydo bo‘ladi. Ushbu muammolarni yuqori yoki pastki qovoqda bajariladigan mazkur operatsiya bilan bartaraf etish mumkin.
BISHEKTOMIYA OperaTSIYASI (YONOQDAGI yOG‘ YOSTIQCHASI OPERATSIYASI)
Ba’zi kishilarning yonoqlari juda semiz ko‘rinadi, bu yoqimli ko‘rinishni ba’zilar xohlamaydi. Bishektomiyada og‘iz bo‘shlig‘i ichidan aralashuv yordamida yonoqdagi yog‘ yostiqchalarini olib tashlash orqali bu ko‘rinishdan xalos bo‘lish mumkin. Bu – qulay operatsiya. Ertasi kuni ishga qaytasiz.
YUZ PROFILINI REJALASHTIRISH - GOLLIVUD YUZI
Ushbu yuz profillari ba’zi protseduralarni birlashtirish orqali yaratiladi. Bemorlarga masseter botoksi + bishektomiya + iyakka filler qo‘llash oraqali bunday ko‘rinishlarni paydo qilish mumkin.
ENDOPIL
Botoksdagi kabi qoshni falaj qilmasdan, endopil nomli dori bilan uzaytirish va shakllantirish, dori ta’sirida cho‘zilgan mushakni taranglashtirish orqali ajinlarni kamaytirish tamoyiliga asoslanadi.
QOSHNI KO‘TARISH (ENDOSKOPİK) VA YUZNI TORTISH OPERATSIYASI
Barcha noinvaziv usullar (botoks, filler, endopil) foyda keltirmaydigan bemorlar guruhi mavjud. Ushbu bemorlar guruhi uchun yagona yechim qoshni endoskopik ko‘tarish, yuzni chuqur yoki yuzaki tortish usullaridir. Samaradorligi juda yuqori.
BAG‘BAQA ESTETIKASI
Liposaksiya usuliga o‘xshash usul bilan bu yerdagi yog‘ni aspiratsiya qilish orqali mazkur sohani ingichkalashtirish operatsiyasi hisoblanadi.
KO‘KRAK ESTETIKASI OPERATSIYALARI (KICHRAYTIRISH, KATTALASHTIRISH VA KO‘TARISH)
Ko‘krak shakli va hajmi ayollarning kundalik hayotiga katta ta’sir qiladi. Ko‘krak estetikikasi operatsiyalarini uchga bo‘lish mumkin: ko‘krakni kattalashtirish, kichraytirish va ko‘tarish. Haddan tashqari katta ko‘krak estetik muammolardan tashqari turishning buzilishi va bel og‘rig‘i kabi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Kichkina yoki turli sabablarga ko‘ra osilgan ko‘kraklar esa kishini estetik jihatdan bezovta qilishi va ruhiyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Eng ko‘p ishlatiladigan estetika protseduralaridan biri hisoblanuvchi ko‘krakni kattalashtirish operatsiyalarida ichi suyuqlik bilan to‘ldirilgan ko‘krak protezlari ishlatiladi. Ushbu protezlar orasida eng ko‘p afzal ko‘riladigani silikon asosli protezlardir. Bu operatsiyalar ba’zan ikkala ko‘krak kichik bo‘lgan hollarda, ba’zan esa ikki ko‘krak o‘rtasida va tananing boshqa shakllari bilan simmetriyani ta’minlash uchun amalga oshiriladi.
YOG‘NI OLIB TASHLASH OPERATSIYALARI (LIPOSAKSIYA)
Tananing ma’lum qismlarida ko‘rinadigan va hududiy semizlik deb ataladigan ortiqcha yog‘lar estetik muammo tug‘diradi. Bu ortiqcha yog‘larni liposaksiya operatsiyasi bilan tanadan olib tashlash mumkin. Liposaksiyaga turli usullar orqali yanada suyuq holga keltiriladigan yog‘ to‘qimalari kanyula orqali vakuumlagan holda olib tashlanadi. Liposaksiya ozish usuli emas. Operatsiyadan oldin kishi ideal vaznga ega bo‘lishi muhim hisoblanadi.
QORINNI TORTISH OPERATSIYALARI
Haddan tashqari semirishdan keyin tez ozish natijasida yoki homiladorlikdan keyin qorin bo‘shlig‘i to‘qimalari bo‘shashishi va osilish paydo bo‘lishi mumkin. Kishi ideal vaznga ega bo‘lsa ham, bu holat ortiqcha estetik noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Ushbu osilgan to‘qimalar olib tashlanadigan, qorinning yanada estetik va sog‘lom ko‘rinishga ega bo‘lishini ta’minlaydigan operatsiyalar qorinni tortish operatsiyalari (abdominoplastika) deb ataladi. Qorinni tortish operatsiyalari ozish usuli emas. Shuning uchun ushbu operatsiyadan oldin kishining ideal vaznga ega bo‘lishi muhim hisoblanadi.
QULOQ ESTETIKASI OPERATSIYALARI
Yuz estetikasini to‘ldiruvchi hisoblanadigan quloqlar erta yoshdan boshlab tashqi ko‘rinish jihatidan muhim hisoblanadi. Quloq burmalarining yetarli emasligi yoki quloq tog‘ayining odatdagidan kattaligi tufayli paydo bo‘ladigan va shalpangquloq deb ataladigan ko‘rinish estetik muammolarni keltirib chiqaradi hamda kishilarning hayotiga salbiy ta’sir qiladi. Quloq estetikasi operatsiyalari bilan shalpangquloq ko‘rinishini osonlikcha yo‘q qilish va kishning yaxshiroq ko‘rinishga ega bo‘lishini ta’minlash mumkin. Ko‘pgina plastik operatsiyalardan farqli o‘laroq, quloq estetikasi operatsiyalari bolalik davrida ham amalga oshirilishi mumkin.
JAG‘ VA YONOQ SUYAGI OPERATSIYALARI
Jag‘ va yonoq suyagi operatsiyalari bugungi kunda eng mashhur estetik operatsiyalardan hisoblanadi. To‘liq va ko‘zga ko‘rinadigan yonoq suyaklari hamda iyak kishilarga yanada keskin va estetik yuz chiziqlarini bag‘ishlaydi, kishini yoshroq va jozibali ko‘rsatadi. Jag‘ va yonoqlarni ajratib ko‘rsatish uchun turli usullar qo‘llaniladi. Bular odatda jarrohlik yo‘li bilan qo‘yiladigan yuz protezlari va implantlari, tananing turli qismlaridan olinadigan yog‘lar qo‘llanadigan yog‘ inyeksiyalari, vaqtinchalik teri fillerlari va osish usullaridir. Kishi uchun eng mos usul shifokor tomonidan ehtiyojlarga qarab tanlanadi.